Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Eron neft narxini keskin oshirmoqda
🔹 Rossiya ta’lim va fan sohasida nazorat federal xizmati (Rosobrnadzor) mehnat muhojirlari uchun imtihonga og‘zaki nutqni baholashni kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Muhojirlar turli vaziyatlarda rus tilida muloqot qilishlari shart ekani aytilmoqda.
🔹 Eron neft eksportini keskin oshirmoqda. Neft eksporti birinchi chorakda 2018 yilning iyul-sentyabr oylaridan beri eng yuqori ko‘rsatkichga – kuniga 1,56 million barrelga yetgan.
🔹 G7 davlatlari Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan pullarni “Ukraina foydasiga” yo‘naltirish loyihasini ma’qullamoqda.
🔹 Qozog‘iston suv toshqinlari tufayli neft sohasida katta yo‘qotishlarga duch kelmoqda. Toshqinlar sababli 634 ta neft qazib olish quduqlari faoliyati to‘xtatilgan, umumiy yo‘qotish 16 ming tonnani tashkil etdi.
🔹 Kurgan (Rossiya)dagi Tobol daryosidagi suv sathi kritik qiymatdan bir metrdan oshib ketdi. 13 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan.
🔹 Hindiston aholi soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi, hozirda u 1,442 milliard kishini tashkil etadi. Ikkinchi o‘rinda 1,425 milliard aholiga ega Xitoy joylashgan.
🔹 Eron Isroilning ehtimoliy zarbasi tufayli Suriyadan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) yuqori martabali zobitlarini olib chiqib ketmoqda. Eron “Isroilning barcha yadro inshootlari” joylashgan joyni aniqladi va Tel-Aviv agressiyasi sodir bo‘lgan taqdirda ularga har qanday vaqtda zarba berishga tayyor, deya tahdid qilmoqda IIQK.
🔹 Isroilning Rafah shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida yetti nafar tinch aholi, jumladan, uch nafar bola halok bo‘lgan.
🔹 Fanvue onlayn platformasi sun’iy intellekt yordamida yaratilgan modellar uchun dunyodagi birinchi go‘zallik tanloviga arizalar qabul qilmoqda. Tanlovda haqiqatda mavjud bo‘lmagan qizlar ishtirok etadi. Musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 20 ming dollar.