Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Rossiya BMTning rezolyusiyasini blokladi. Kriptoning "oltin bolasi" 25 yil qamoq jazosini oldi. Moskva teraktiga daxldorlar Tojikistonda qo‘lga olindi
🔹 Rossiya BMTning Shimoliy Koreya bo‘yicha rezolyusiyasini blokladi. Veto BMT Xavfsizlik Kengashining yadro quroli bo‘yicha mutaxassislari missiyasini uzaytirish bilan bog‘liq.
🔹 Nyu-York sudi FTX kriptovalyuta birjasi asoschisi Sem Bankmen-Fridni ko‘p milliard dollarlik firibgarlik uchun 25 yilga ozodlikdan mahrum qildi. U investorlardan milliardlab pul o‘g‘irlash va bir paytlar dunyodagi eng mashhur kripto birjasining qulashiga olib kelgan moliyaviy jinoyatlarda ayblanmoqda.
🔹 Tojikiston Davlat xavfsizlik qo‘mitasi Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Xoll»da sodir etilgan teraktda ayblanganlar bilan aloqasi bo‘lgan to‘qqiz kishini hibsga oldi.
🔹 Mahmud Abbos Varsen Agabekyanni Falastin tashqi ishlar vaziri etib tayinladi. Boshqalar qatorida asli arman millatiga mansub ayol vazir Falastin emigrantlari bo‘yicha ham mas’ul bo‘ladi.
🔹 Fransiya razvedka xizmatlari terrorchilik hujumlari xavfi tufayli Parijdagi XXXIII Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimini bekor qilishni tavsiya qildi. "Sportchilarning Senadagi ushbu paradining hozirgi formati o‘z holicha qoldirish uchun juda ko‘p xavf tug‘diradi", - deyiladi nashrda.
🔹 Fransiyaning o‘ta o‘ng qanotlari - Milliy miting partiyasi mamlakatni NATOning yagona qo‘mondonligidan chiqishi mumkin, biroq Ukrainadagi mojaro tugaganidan keyin, deb hisoblaydi.
🔹 Putinning yadro qurolidan foydalanish tahdididan keyin AQSh Yevropaga strategik bombardimonchi samolyotlarini joylashtirdi.
🔹 Nyu-Yorkdagi saylovoldi tashviqoti AQSh prezidenti Jo Baydenga saylovoldi byudjetiga rekord darajadagi 25 million dollar qo‘shish imkonini berdi. Buni Radio City Music Hall shousi uchun chiptalar sotuvi ta’minlagan.
🔹 Charlz-III Britaniya armiyasida soqol qo‘yishga 100 yillik taqiqni bekor qildi. Endi quruqlikdagi kuchlarning ofitser va askarlari soqol qo‘yishlari mumkin bo‘ladi.
🔹 Rossiyada ijtimoiy tarmoqlarda qotillik, qiynoq va zo‘ravonliklarni aks ettiruvchi videolarni chop etishni taqiqlashni taklif qilinmoqda. Bu yaqinda Moskvada yuz bergan terakt bilan bog‘liq vahshiyliklar aks etgan video va fotosuratlar oqimi bilan bog‘liqligi aytilmoqda.
🔹 Yamanning “Ansor Alloh” harakatining hutiy isyonchilari Falastin-Isroil mojarosi avj olgandan beri Qizil va Arab dengizlari hamda Hind okeanida jami 86 ta kemaga hujum qilgan.
🔹 Turk mehmonxonalarining banklar oldidagi qarzlari oshib bormoqda. Mamlakat turizm sanoati banklar oldidagi mehmonxona qarzining qariyb 10 milliard dollarga ko‘tarilishi bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan. Mehmonxonalarning 70-75 foizi banklarga garovga qo‘yilgan bo‘lib, egalaridan mulkni sotish va qarzlarni to‘lash talab etilgan.
Gulnora Xoldorova tayyorladi.