Xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.R. fuqaro Z.A.ni 18 500 AQSh dollari evaziga Isroil davlatiga ishga yuborishini aytib, oldindan 12 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, departamentning Payariq tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan  tezkor tadbirda fuqaro F.N. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uni 16 000 AQSh dollari evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishini aytib, oldindan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.