Yangi yilni kim qanday nishonlaydi?
Yangi yilning boshlanishi turli xalqlarda har xil vaqtga to‘g‘ri keladi. Masalan, Yevropaning hamma mamlakatlarida Yangi yil 1 yanvarda, hijriy hisobi qabul qilingan joylarda esa quyosh yilining turli sanalarida bayram qilinadi.
* Misrda Yangi yilni yoz oylarining boshida, Nil daryosining quyilishi vaqtida nishonlashgan.
* Gretsiyada esa bu bayramni yilning eng uzun kuni bo‘lgan 22 iyunda nishonlaganlar.
* Fransiyada Buyuk Fransuz revolyusiyasi davrida yangi yilni 22 sentyabr - respublika tashkil topgan kunda nishonlashgan.
* Rossiyada esa Yangi yil bayrami 1 sentyabrga to‘g‘ri kelgan. Faqat 1700 yildan boshlab, Pyotr I qaroriga asosan Yangi yil 1 yanvardan boshlab nishonlangan. Podsho Yangi yilni kutib olish, Yangi yil kiradigan tunda gulxanlar yoqish, uyni yashil o‘simliklar bilan bezash va bir-birlarini tabriklash haqida farmon bergan.
O‘sha paytlar parad o‘tkazilib, turli rangli raketalar, mushaklar otilib, bayram qilingan va bu odat hanuzgacha saqlanmoqda.
* Yangi yilda sovg‘alar qilish odati esa Qadimgi Rimdan kelib chiqqan bo‘lib, ular bir-birlariga omad va baxt timsoli bo‘lmish dafna yaproqlaridan taqdim etishgan.
* Germaniyada asosiy bayram Rojdestvo hisoblangan. Sun’iy archalar va shisha o‘yinchoqlar birinchi bo‘lib Germaniyada paydo bo‘lgan. Yangi yilning o‘zi Germaniyada ikkinchi darajali bayramday kutib olinadi.
* Avstriyada Yangi yil kechasi fol ochish odat tusiga kirgan. Turli shakllarni xarid qilishadi-yu, so‘ng uni eritib, idishga quyishadi. Va hosil bo‘lgan shakl yordamida kelajak hayotlarini bashorat qilishadi. Garchi kamxarj avstriyaliklar kam tanovul qilishsa-da, ammo o‘tkir spirtli ichimlik-glintveynni hisobsiz ichishadi.
* Buyuk britaniyaliklar uchun yangi yil oldingi kiyimlar narxini keskin pasaytirish hodisasi juda muhim sanaladi. Shuning uchunmi, inglizlar dasturxon bilan uncha qiziqmaydi, axir qancha kiyim sotib olishga ulgurish lozim.
***
Darvoqe, 1 yanvardan boshlanadigan taqvimni Rim imperatori Yuliy Sezar kiritgan bo‘lib, u “Yulian taqvimi” sifatida tarixda qoldi.
Izzatulla Norquvvatov tayyorladi.