Yaponiyada koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 1000 nafarga yetdi

Bugun, 20 iyul kuni Tokioda yana bir nafar o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda NHK telekanali ma’lum qildi.

Eng ko‘p o‘lim holati Tokioda (327 holat), undan so‘ng Xokkaydo (102 holat), Kangava (98 holat) va Osaka (86 holat) prefekturalarida qayd etilgan.

Bugunning o‘zida mamlakatda 511 nafar koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati aniqlandi. Yaponiyada umumiy hisobda 26 137 nafar koronavirus holati qayd etilgan. Shu bilan birga, Okinava perfekturasidagi AQSh harbiy bazalarida qayd etilgan COVID-19 holatlari bu statistikaga qo‘shilmagan.