Yoshlar “Zarafshon” milliy tabiat bog‘iga 1,5 ming tup ko‘chat ekdi
- 15.04.2021 16:26
- 59
- Samarqand
Jomboyda “Ko‘chat ek, bog‘ yarat” aksiyasi tashkil etildi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Samarqand viloyati tashkiloti va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jomboy tuman kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda 100 nafardan ortiq faol yoshlar “Zarafshon” milliy tabiat bog‘ining 1 gektar yer maydoniga 1,5 ming tup ko‘chat ekdi.
- Milliy tabiat bog‘ida 300 dan ortiq o‘simlik turi mavjud bo‘lib, shundan 80 tasi dorivor o‘simliklardir, - dedi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i direktori o‘rinbosari Baxtiyor Rajabov. – Milliy tabiat bog‘ida o‘tqazilayotgan daraxt ko‘chati ekish aksiyasi yoshlarni tabiatni sevishga va undan oqilona foydalanishga o‘rgatadi.
Sodiq Mamatov.