Zar – atrof-muhitga zarar

Olimlar taqiqlashga chaqirayotgan zar (glitter) atrof-muhit uchun halokatli. Ilgari parfyumeriya, sham, yangi yil bezaklari, gullar, kiyim, poyabzal va yana minglab boshqa narsalarda ishlatiladigan glitter folgadan yasalgan bo‘lsa, hozirda u polimer - parchalanmaydigan mikroplastmassadan tayyorlanadi. 2018 yilda Angliyadagi bolalar bog‘chalari tarmog‘i hunarmandchilik ashyosi sifatida uni rangli don-dun bilan almashtirib, zardan foydalanishni taqiqlagan. Lekin yaltiroq zarrachalar butun dunyoda ommabopligicha qolmoqda.

***

Arab raqamlari Yevropada Fibonachchi tomonidan ommalashgan. U Jazoirda matematikani o‘rganayotganda ular haqida bilgan.

***

Franchayzing tizimida ishlaydigan dunyodagi eng yirik tez ovqatlanish tarmog‘i, oziq-ovqat Amerika korporatsiyasi - "McDonalds" daromadining katta qismini ko‘chmas mulkni ijaraga berishdan topadi.

***

XVIII asr o‘rtalarida Benjamin Franklin yashin qaytargich ixtiro qilgach, ular «moda»ga aylandi: chaqmoqqa qarshi uskuna nafaqat binolar, balki soyabonlar va hatto ayollar shlyapalariga ham o‘rnatilgan.

***

Dunyodagi eng ko‘p kuzatiladigan shahar Hindiston poytaxti Dehli bo‘lib, unda har kvadrat kilometrga 1800 ga yaqin videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan.

***

"Volvo" avtomobili tarixdagi eng uzoq masofani bosib o‘tish bo‘yicha rekordga ega - 5,2 million kilometr. Bu fantastik ko‘rsatkichga 1966 yilda "Volvo P1800"ni sotib olgan va uni umrining oxiri - 2018 yilgacha boshqargan amerikalik o‘qituvchi Irv Gordon erishgan.

***

Quyosh har soniyada deyarli 6 million tonna massasini yo‘qotadi. So‘nggi 4,5 milliard yil ichida u o‘zining dastlabki massasining atigi 0,05 foizini yo‘qotgan.

***

Coca-Cola tarkibida nofaol modda - koki barglari mavjud. Mallinckrodt - AQSh hukumati tomonidan ruxsat berilgan yagona farmatsevtika kompaniyasi dorivor maqsadlarda foydalanish uchun barglardan kokain ajratib oladi, bargi esa Coca-Cola tayyorlashga yuboriladi.

G.XOLDOROVA tayyorladi.