Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Kamaz»dan katta miqdordagi pulni o‘g‘irlagan 25 yoshli yo‘lovchi qiz ushlandi

Kattaqo‘rg‘on tumani Omonboy mahallasida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan D.Sh. Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilgan.

Unda 2020 yil 16 iyul kuni soat 21:30 larda o‘ziga tegishli Kamaz rusumli yuk avtomashinasida Narpay tumanidan Toshkent shahriga borish uchun yo‘lga chiqib, Oqtosh shahridan Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan S.U.ni yo‘lovchi sifatida mindirganligini va soat 23:40 larda Samarqand shahar O‘zbek Trakt ko‘chasida joylashgan Ulug‘bek shoh bekatiga yetib kelib, oziq-ovqat xarid qilish uchun avtomashinadan tushgan vaqtida S.U. avtomashina ichida bo‘lgan 5340 AQSh dollari va 3.600.000 so‘m miqdoridagi pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 6-IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida S.U. ushlanib, undan 800 AQSh dollari miqdoridagi pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.