25 yoshli ayol yo‘lga yotib olib, avtomobillar harakatiga xalaqit bergan
- 25.11.2019 16:55
- 362
- Hodisa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida huquq-tartibot organlari xodimlari ayolni sudrab olib ketayotgan video tarqaldi.
Ushbu holatga Toshkent shahar IIBB izoh berdi.
Qayd etilishicha, voqea 22 noyabr kuni soat 01:45 larda sodir bo‘lgan. Avval fohishalik bilan shug‘ullangani va huquq tartibot organlari buyrug‘iga bo‘ysunmaganligi uchun 18 marta jazolangan 25 yoshli fuqaro Mirobod tumanida PPX xodimlarini ko‘rib, katta yo‘lga yotib olgan va avtomobillar harakatiga xalaqit bergan.
Qiz o‘sha paytda spirtli ichimliklar ta’sirida bo‘lgan.
PPX xodimlarining talabiga bo‘ysunmay qiz yo‘lda yotishda davom etgan. Shunda xodimlar uni majburlab olib ketishiga to‘g‘ri kelgan.
Teglar:
fohishalik