Amirobodda “svet” o‘chishiga ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sabab bo‘lgan

Kecha, 17 fevral kuni Zarnews.uz telegram kanalida “Mahallamizda olti soatdan buyon chiroq yo‘q. Bizning aybimiz nima?” deya Paxtachi tumanidagi Amirobod mahallasidan murojaat yo‘llangani haqida ma’lumot e’lon qilindi.

Paxtachi tumani elektr taminoti korxonasi ushbu murojaat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.

Ushbu mahalla hududida 6 soat davomida elektr energiya ta’minotida uzilish holati yuz bergani sababi nimstansiya “Cho‘lquvar” (“Selinnaya”) 110/35/10 T-1 kuch transformatorining 110 kV A- fazasi elektr simlari ulanishidagi qizishni bartaraf qilish uchun ta’mirlash ishlari olib borildi.

Yuzaga kelgan ushbu noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Paxtachi tumani elektr ta’minoti korxonasi.