Qaysi OTMlarga davlat xizmatlari markazlari orqali hujjat topshirish mumkin?

Davlat qabul komissiyasining qaroriga ko‘ra, quyidagi 5 ta OTM uchun hujjatlarni barcha shahar va tumanlardagi DXMlar orqali topshirish mumkinligi belgilandi:

1.Toshkent davlat yuridik universiteti.

2.Qoraqalpoq davlat universiteti.

3.Guliston davlat universiteti.

4.Farg‘ona davlat universiteti.

5.Samarqand davlat universiteti.

P.S.: joriy yilda davlat xizmatlari markazi orqali barcha OTMlar uchun hujjatlar topshirish mumkinligi, endilikda abituriyentlar OTMga borishi shart emasligi, o‘z tumanida ham hujjat topshira olishi haqida ko‘p bora ta’kidlangan edi.

Lekin so‘nggi lahzalarda loyiha o‘zgarib, faqat kamsonli (5 tagina) OTMlaridagina hujjatlar DXM orqali qabul qilinishi nazarda tutildi. DXM katta hajmni eplay olmaydi, degan xulosaga kelingan shekilli, deb yozmoqda Xushnudbek.uz.