Sud raislari Narpay va Paxtachida sayyor qabul o‘tkazdi

Samarqand viloyati sudlari tomonidan tashkil etilgan sayyor qabulda fuqarolardan 25 ta murojaat kelib tushdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha 12 ta murojaat qilingan bo‘lsa, shundan 9 tasi ijobiy hal qilindi, 3 nafarining arizasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha 10 ta murojaat mualliflariga shunday yo‘l tutildi. Ma’muriy ishlar bo‘yicha 2 ta murojaat ijobiy hal qilinib, iqtisodiy ishlar bo‘yicha 1 ta murojaat muallifiga huquqiy maslahat berildi.

Tadbir davomidagi sayyor sudlarda 9 nafar shaxslar jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi (JKning 73-moddasiga asosan) hamda ma’muriy ishlar yuzasidan 2 nafar shaxslarga nisbatan ishlar (MJtKning 271-moddasi 11-bandiga asosan) tugatildi.

Paxtachi tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda esa sudlar tomonidan 39 ta murojaat qabul qilindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha 13 ta murojaat ijobiy hal qilinib, fuqarolik ishlari bo‘yicha 10 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi. Ma’muriy ishlar bo‘yicha 15 ta murojaat ijobiy hal etildi.

13 nafar shaxslar jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi (JKning 73-moddasiga asosan) va ma’muriy ishlar yuzasidan 15 nafar shaxsga nisbatan ishlar sanksiya doirasida ko‘rsatilgan jazo ogohlantirilgan holda (MJtKning 21-moddasi qo‘llanib) tugatildi.