Turkiya Suriya shimolidagi kurdlarga qarshi hujumga tayyorlanmoqda

Turkiya kurdlarga hujum qilish uchun Suriya shimoliga qo‘shinlarini kiritdi, deb yozadi “RIA Novosti” Bloomberg agentligiga tayanib.

Agentlik manbalarining xabar berishicha, o‘q-dorilar, qurol-yarog‘ va maxsus jihozlar ortilgan 200 dan ortiq avtokarvon Idlib provinsiyasiga yetib kelgan.

O‘z navbatida, SANA Suriya davlat agentligi Anqara Yefrat daryosining g‘arb va sharqida o‘z nazorati ostidagi hududlarni birlashtirish maqsadida Kobani shahri janubidagi hududlarni egallashni rejalashtirayotganini taxmin qilmoqda.

Rasmiy Damashq esa Anqaradan Suriya hukumati roziligisiz turgan qo‘shinlarni chegara hududdan olib chiqishni bir necha bor talab qilgan.

Xabarlarda, shuningdek, bir kun oldin Turkiya parlamenti mamlakat qurolli kuchlarini Suriya va Iroqda qo‘llash mandatini yana ikki yilga uzaytirishni ma’qullagani haqida aytilmoqda.