52 yil avvalgi "ziyorat" va Samarqandning yangi sayqali
1974 yilning kuzi – paxta yig‘im-terimi mavsumida nurotaliklar, shu jumladan, maktab o‘quvchilari Payariq tumaniga safarbar etildi. Maktabimiz Mani qishlog‘iga tushdi. Kunlar o‘tib, shundaygina yonimizda ulug‘ ziyoratgoh borligini, u Imom Buxoriy nomi bilan atalishini eshitdik.