86 nafar nuroniy “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik kengashining shu yil 28 iyuldagi “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, turli sohalarda ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan pensiya yoshidagi samarqandlik nuroniylardan bir guruhi I, II, III darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.