Bulung‘urdagi tonnel qurilishi nihoyasiga yetmoqda
Yaxshi bilamiz, Bulung‘ur tuman markaziga borishda shu hududdan o‘tgan temir yo‘l tufayli ba’zi noqulayliklar kuzatilardi. Ya’ni, aynan tezyurar poyezd o‘tishi paytida shlagbaum tushirilib qo‘yilar, oqibatda avtomobillar turnaqator yig‘ilib, bunday navbatning uzunligi bir-ikki kilometrdan ortiqroq masofaga cho‘zilib ketardi.