Samarqandda qarzdorning 4,6 milliard so‘mlik mulki savdoga chiqarildi
"Biznesni rivojlantirish" banki tomonidan Samarqand shahridagi “A.S.” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida kredit ajratilgan. Biroq korxona kredit shartlarini bajarmaganligi sababli 4 milliard 650 million so‘m miqdorida muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelgan.