Narpay tumanida firibgarlik holati fosh etildi
Narpay tumanida mahalliy fuqaro A.Sh. ga “Dilshod” ismli shaxs o‘zini Paxtachi tumani IIB kiberxavfsizlik bo‘limi xodimi sifatida tanishtirib, yuqori lavozimdagi tanishlari orqali ishga joylashtirib qo‘yishini va’da qilgan va buning evaziga 1 500 AQSh dollari talab qilgani aniqlandi.