Ijtimoiy tarmoq vaqtimizni o‘g‘irlayapti
Ota-onam bolaligida tengdoshlari bilan o‘ynagan “Oq terakmi, ko‘k terak?”, “Yashinmachoq”, “Quvlashmachoq”, “Arqonda sakrash” va boshqa xalq o‘yinlari haqida zavq bilan gapirib berishadi. Shunda o‘sha davrga tushib qolgandek bo‘laman. “Nega bizda unday emas”, degan savol qiynaydi meni.