Cho‘ponota tepaligi mamlakat milliy koordinatalar tizimining nol nuqtasi etib belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 10 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida milliy koordinatalar tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy koordinatalar tizimi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi. Ushbu hujjat mamlakat hududida yagona va zamonaviy geodezik asosni shakllantirishga qaratilgan.