Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga nomzodlar ro‘yxatga olindi
19 sentyabr kuni Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Komissiya raisi X.Muhammadiyev boshqargan yig‘ilishda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.