Oliy o‘quv yurtiga kirish uchun test sinovlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi
2025-2026 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14 iyuldan 23 iyulga (10 kun) qadar bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.